KARPXO’RLAR

KARPXO’RLAR, karp bitlari (Branchiera) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Baliqlar va qisman amfibiyalar terisida yashaydi, qon bilan oziqlanadi (ektoparazit). Tanasi yassi, uch juft boshoyoqlari o’zgarib, yopishish organiga aylangan. Tanasi 3 santimetrga yaqin. 50 tacha turi ma’lum. Karp biti (Argulus foliaceus) baliqchilikka katta ziyon yetkazadi.