Karst (Yevropadagi Karst platosi nomidan), karst hodisasi
Karst (Yevropadagi Karst platosi nomidan), karst hodisasi – suvda yaxshi eriydigan tog` jinslari (ohaktosh, dolomit, bo`r, gips, toshtuz)da ro`y beradigan va bu jinslarning erish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan hodisa; oqibatda tog` jinslarida bo`shliqlar, g`orlar, yer yuzasida esa voronkalar, o`pirilmalar, chuqurliklar paydo bo`ladi. Bunday joylarda daryolar yer ostiga kirib ketadi va bir qancha masofadan so`ng yana yer yuzasiga chiqadi. Karst Qrimda, Rossiya tekisligining bir qancha joylarida, Kavkazda, Ural va O`rta Osiyoda uchraydi.