KARTINA
KARTINA (ruscha) — mustaqil badiiy qiymatga ega bo’lgan rangtasvir asari. Rassomlik san’atining boshqa asarlari (etyud, eskiz)dan farqli o’laroq mukammal, yakunlangan bo’ladi hamda freska, kitobat san’ati (jumladan, miniatyura)ga o’xshab ma’lum intyerer, maydon, sath yoki badiiy bezak tizimlari bilan bog’lanmaydi, mustaqilligi bilan ulardan farqlanadi. Kartina asos (mato, yog’och yoki metall taxta, karton, qog’oz), grunt va bo’yoqlar qatlamidan iborat. Kartina tasviriy san’at (dastgohli san’at)ning eng xos turlaridan.