Karton

Karton (Frans. carton, ital. carto — qog’oz so’zidan) — yuza birligining massasi yoki solishtirma og’irligi oddiy qog’oznikidan katta bo’lgan qog’oz turi. Yagona xalqaro tasniflashda qog’oz b-n K. orasida aniq chegara ko’rsatilmagan. Mas, Germaniyada 150 g/m2, Polshada 180 g/m2, Rossiyada 250 g/m2 qog’oz materiali K. deb qabul qilingan. Bir, ikki va ko’p qatlamli K.lar bo’ladi. K. tayyorlashdagi asosiy texnologik operasiyalar xom ashyo- ni maydalash, qoliplarga quyish, pres- Slash, quritishdan iborat. K. olish qog’oz olishdan uncha farq qilmaydi, lekin bunda ancha dag’al va bikr tolali Mate- riallar (mas, qo’ng’ir yog’och massasi, yarim tsellyulozalar, makulatura va b.) dan foy- dalaniladi. K. xossalari ushbu texnik ko’rsatkichlari: yuza birligi (mas, 1 m2 ining massasi, kalinligi, namligi va b.) b-n belgilanadi. K. massasi tarkibi- ga yopishtiruvchi, bog’lovchi, to’ldiruvchi, bo’yovchi moddalar qo’shib, uning xossala- rini o’zgartirish mumkin. Vazifasiga va fizik-mexanik xossalariga qarab, K.ning qutilar yasash, matbaada, poyab- zal i. ch.da, qurilishda, to’qimachilik va b.da ishlatiladigan, elektroizolyasiya, qistirmalar va b. tayyorlanadigan xilla- ri bor.