Kartoshka

Kartoshka (Solanum tuberosum L.) — tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali ko’p yillik o’tsimon o’simlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo’lgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada o’sadi. Dehqonchilikda 2 turi and K.si (S.andigenum) va Chili K. yoki Evropa K.si (S.tuberosum) bir yillik ekin si- fatida ekiladi. K.ni Amerikaning tub- joy aholisi bundan taxm. 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Evropaga 1565 y. keltirilgan. Rossiyada 18-a. boshlarida ekila boshlagan. O’zbekistonga esa 19-a. ning 70-y.laridan bu erga ko’chib kel- gan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon bo’yicha K. ekilgan umumiy mayd. 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 mln. t (1999). O’zbekistonda ekin mayd. 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). XI- toy (3 mln.ga), Polsha (1,2 mln.ga)da ko’p ekiladi. K. oziq-ovqat va em-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dek- Strin va b. mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tar- kibida 75-80% suv, 23,7% quruq mod- da, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1-2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), po’stida esa zaharli modda — solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat rasio- nida muhim o’rinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga ko’ra, bir kishi uchun yillik K. iste’moli mikdori 45 kg ni tashkil etadi. K. namsevar (ayniqsa, gullash va tuga- nak tugish davrida), yorug’sevar, bir qadar sovuqqa chidamli o’simlik. Tuproqda tu- ganakdagi kurtaklari 5-8° da una bosh- laydi. Tuganaklari va urug’idan ko’payadi. Meristema usuli b-n virussiz urug’lik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. K. o’simligi bo’yi 50-80 sm, 3-6 poyali. Poyasining er ostki qismida er osti novdalar — stolonlarda tugana- klar — K. paydo bo’ladi. K.si okdan to qizil tusgacha va turli shaklda bulib, sirtidagi chuqurcha — ko’zchalaridan kel- gusi yil yangi poyalar o’sib chiqadi. Ildi- zi popuk ildiz tipida. Barglari juft patsimon bulingan, sarg’ish-yashildan to’q yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och bi- nafsha tusda, 2-3 tadan, ba’zan 4 tadan joylashgan. O’zidan, goho chetdan changla- nadi. O’zbekiston sharoitida K.ning ko’p navlari g’unchalari to’kilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli, ko’p urug’li, sersuv re- zavor. Vegetasiya davri 60-150 kun. K. pishib etilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan etilishi- ga qadar 60-65 kun), o’rtacha tezpishar (70-80 kun), o’rtacha kechpishar (po— 120 kun), kechpishar (130-150) navlar- ga bo’linadi. Tuganagini va urug’ini ekib ko’paytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli erlarda mo’l hosil beradi. K. sabzavot almashlab ekish tizimida ka- RAM, bodring, poliz va dukkakli don ekinlardan bo’shagan erlarda etishtiri- ladi. Ertagi K. etishtirishda urug’lik 20-40 kun yarovizasiya qilinadi (Max- sus yorug’xonada nish chiqarishi ta’min- lanadi). K. ekiladigan erning gektariga 60-150 kg azot (oziq modda hisobida), 100-200 kg fosfor va 30-60 kg kaliy- li mineral o’g’it, 15-20 t go’ng solina- Di, chuqur haydaladi. Ekish uchun, asosan, o’rtacha kattalikdagi (50-80 g) K. ajra- tiladi. Qator oralarini 60, 70, 90 sm, qatordagi tup oralig’ini 25, 30 yoki 35 sm qilib 8-12 sm chuqurlikda ekiladi. Ekish normasi gektariga 2,5—4 t. In- tensiv texnologiyada o’rtacha hosildorlik 42-44 t/ga ni tashkil qiladi. O’zbekiston sharoitida faqat oziq- ovqat maqsadlarida etishtiriladi. Er- tagi K. Fev. oxiri — martda, Janubiy r-nlarda hatto kech kuzda (okt,-noyabrda), kechkisi may oxiri — iyunda ekiladi. K. qator oralari o’suv davri davomida bir necha marta yumshatiladi, 500-800 m2/ga normada ertagisi xar 7-10 kunda (7-8 marta), kechkisi har 8-10 kunda (10-15 marta) sug’oriladi, oziqlantiriladi. O’zbekistonda ekiladigan asosiy na- Vlar: Aqrab — O’zbekiston sabzavot, po- Liz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida chiqarilgan va respublikada 1996 y.dan r-nlashtirilgan. O’rtacha kech- pishar, po’sti kizil, eti oq, ko’zchalari chuqurroq, yumaloq, o’rtacha vazni 100— 130g;3arafshon — Samarqand qishloq xo’jaligi in-tida yaratilgan va Respu- blikada 1985 y.dan r-nlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli nav. Cho’ziq-oval shaklda, po’sti och-sarg’ish, silliq, serko’z; to’yimli — O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka- chilik i.t. in-tida yaratilgan, Respubli- kada 1995 y.dan r-nlashtirilgan. o’rtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugu- naklari oq, yumaloq, eti oq, ko’zchalari chuqurroq, og’irligi o’rtacha 110-130 g; um ID — O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida yaratilgan, 2001 y.dan r-nlashtirilgan, o’rtacha tezpishar, ertagi va kechki mud- datlarda etishtirishga yarokli, tuganagi shakli cho’ziq-oval, eti sariq. Rossiyada chiqarilgan navlardan Se- dov (ertapishar, serhosil, yumaloq, Yi- rik, oq, yaxshi saqlanadi, aynimaydi); Lorx (o’rtapishar, serhosil, tugana- klari yirik, dumaloq-oval, rangi oq, serkraxmal); Falenskiy (o’rtapishar, eti sarg’ish-oq, kam ko’zli, tuganaklari oq, cho’ziq oval shaklda); Gollandiyada chiqarilgan navlardan 1998 y.dan boshlab Diamant (o’rtacha kechpishar, tuganaklari tekis, sarg’ish, mazali); Kondor (tezpi- shar, rangi qizil, po’sti silliq, serko’z); Kardinal (o’rtacha kechpishar, rangi qizil, po’sti silliq, serkuz) va b. ekiladi. Kas al l i kl ari : so’lish kasalligi — kasallangan o’simlik so’liydi, keyinroq qurib qoladi. O’simlik poyasi kesib qaralganda zararlangan nay to’qimalari qo’ng’ir tusda bo’ladi. Kasallik issiq kunlarda ko’proq tarqaladi; makrospori- oz — barglarida qo’ng’ir to’garak dog’lar paydo bo’ladi. Keyinchalik kattalashib, bargni butunlay qoplab oladi, bunday barglar quriydi. Kasallik o’simlik po- yasiga ham o’tib, ulardan cho’ziq qo’ng’ir dog’lar hosil qiladi; qora ch i r i sh — poya hamda pastki barglar sarg’ayadi, yuqoridagilari qayiqcha shaklida bura- ladi. Keyinchalik poyaning ostki qismi qorayadi, ingichkalashadi, kartoshka hosil bo’lmaydi; halqasimon chirish — kasallikning boshlanishida K. palagi so’liydi, tuganagi chiriydi (kesilganda qo’ng’ir halqasimon chirish ko’rinadi). K.ning aynishi, gotika, mayda barglilik, barglarning buralishi kabi kasalliklar ham K.ning normal o’sishi, rivojlanishi va hosiliga jiddiy zarar etkazadi. Zararkunandalari: O’zbekiston sha- roitida K., ko’pincha, Kolorado qo’ng’izi, shira (o’simlik biti), kuzgi tunlam, kartoshka nematodasi, qo’ng’ir kana, chirildoqlar (tsikada), simqurt va buzoqboshilardan shikastlanadi. Kurash choralari. Kolorado qo’ng’iziga qarshi quyidagi preparatlardan biri 500-600 l/ga suvda aralashtirib pur- kaladi: desis-0,5 l/ga, karate-0,35 l/ga, sumi alfa-0,5 l/ga, benzofosfat (fo- zalon)-2,0 kg/ga, regent-20—25 kg/ga, nurel D-0,7 l/ga. Kuzgi tunlamga qarshi ekishda urug’likka, vegetasiya davri- da o’simliklarga 0,2—0,5 l/ga desis, 0,03% li nurel, 1% li dendrobasil- Lin eritmasi purkalanadi. O’simlik biti (shira)ga va chirildoq (tsikada)lar- ga qarshi bi-58—1,0—1,5 l/ga, nurel 0,7—0,8 l/ga, tolstar-0,8 l/ga; sumqurt va buzoqboshilarga qarshi zaharlangan xo’raklar ishlatiladi. Nematodaga qarshi kuzda yoki ekishdan 30 kun oldin gektari- ga 800-1000 kg dan 20% li nemagon yoki tiazin, geterofos, karbiation sochilib, tuproqning 15-20 sm li qatlamiga ara- lashtiriladi. Kasalliklarning oldini olish choralariga almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish, yuqori agrotexnika va kaliy o’g’itlaridan foydalanish, ekin qoldiqlarini va kasallangan o’simliklarni yo’qotish, urug’larni tanlash tadbirlari kiradi. Bular- dan tashqari, makrosporiozga qarshi o’simliklarga 1% li Bordo suyuqligi, 0,3—0,5% li mis xlor oksidi eritmasi va 0,5% li tsineb suspenziyasi purkala- Di. Chetdan keltirilgan urug’larda ba’zan fitoftoroz uchraydi. Bunga qarshi, ma- krosporiozga qarshi qo’llanuvchi zaharli preparatlarni ishlatish mumkin. Ad.: Balashev N.I., Zeman G.O., Sabzo- votchilik, T., 1977; Abdukarimov D., Sa- farov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari selektsiyasi, urug’chiligi va Ge-netikasi asoslari, T., 1989. Botir Azimov.