Kartoshka ekkich
Kartoshka ekkich – unib chiqqan (kurtaklar chiqargan) va unmagan urug’lik kartoshka donalarini oddiy usulda qatorlab ekishga, ayni vaqtda jo’yaklarni ochishga mo’ljallangan mashi- na. Bunker, ekish apparatlari, kartosh- kani tuproqqa ko’muvchi va jo’yak ochuvchi ish organlari, tayanch g’ildiraklardan iborat. Ish vaqtida bunkerdagi urug’lik kartoshkani cho’michli apparat olib, so- shnikka tashlaydi. Soshnikdan tushgan kartoshkani urug’ko’muvchi apparatlar ko’mib, 70 yoki 90 sm li jo’yak ochib keta- Di. K. e.ning kartoshkani ekish b-n bir vaqtda o’g’it solib ketadigan olti, sak- kiz qatorli xillari xam bor. K. e. 40 — 70 kVt quvvatli traktorlarga agre- gatlanib ishlatiladi. O’zbekistonda «O’zqishlokxo’jalikmashxolding» kom- paniyasi 2 va 4 qatorlab ekadigan KS-2 va KS-4 rusumli mashinalarni ishlab chiqaradi. Ish unumdorligi: KS-2 — 0,63 ga/soat va KS-4 – 1,28 ga/soat.