KARTOSHKA NEMATODASI

KARTOSHKA NEMATODASI (Hetero dea rostochiensis) — yumaloq chu- valchanglar oilasiga mansub parazit chu- valchang. Tanasi cho’ziq, ikki uchi ingichka, avval oq, keyinroq sariq, oxiri jigar- rang bo’ladi. Voyaga etgani 1,1 — 1,2 mm, erkagi urg’ochisidan kichikroq. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 250 MK. Asosan, kar- toshka tuganagini zararlaydi. Zararlan- gan urug’likdan ko’karib chiqqan poyaning pastki qismi (erdan 10 sm gacha bo’lgan qismi) yorilib, yaralanadi, ostki bar- glar sarg’ayadi, so’lib, to’kiladi, hosili kamayadi. Kartoshka saqlanayotgan ombor harorati 5° dan oshib ketsa, kartoshka- dan nematoda tuxum qo’yib ko’payadi, bun- da kartoshka po’sti yoriladi, lichinkalar sog’lom kartoshkani zararlaydi, natija- da ko’p kartoshka chirib ketadi. Kurash cho- ralari: tashqi va ichki karantin; almash- lab ekish; kuzda kartoshka ekiladigan maydonlarga nematisidlar (geterofos, tiazon, karbation) solish.