Kashfiyot
Kashfiyot — izlanish, tekshi- rish, i. t. natijasida, ba’zan esa ta- sodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravish- da ilmiy idrok qilish natijasida eri- shiladi. K. tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga ma’lum bo’lmagan ob’ektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari ma’lum bo’ladi. K. inso- niyatning bilish jarayoni darajasi- ni tubdan o’zgartiradi. K. fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yo’nalishlarni baxsh etadi. Inson bosib o’tgan tarixiy jarayonda juda ko’p K.lar qilindi. K. b-n ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. K. natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yara- tilishi mumkin. Mac, Arximedning suv chiqarish vinti o’ta yangilik bo’lsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olam- shumul K.dir. Hatto ichki yonuv dvigate-lining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning erning o’z o’qi atrofi- da va sayyoralar (shu jumladan, er)ning Quyosh atrofida aylanishi to’g’risidagi g’oyasi — olamshumul K. Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, ta- biat krnuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galiley- ning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi K. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulug’bek yaratgan qonuniyatlar ham K.lar jumlasi- ga kiritiladi. Har qanday ixtiro ham K. bo’la ol- maydi, lekin ixtiro K.ga suyangan holda qilinadi. Atom va vodorod bombalari- ning kashf qilinishini K. jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi (yana q. Ixti- rochilik). K. ham, ixtiro xam qonunchilikda muhofazalanadi. Ilmiy K.lar va IX- tirolarni ro’yxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qo’yish davlat tizimi mavjud. O’zbekistonda K. va ixtirolarni muhofazalash ishlari b-n O’zR Davlat Pa- tent idorasi shug’ullanadi (q. Ixtirochi- lik huquqi).