Kashina Nadejda Vasilevna

Kashina Nadejda Vasilevna (1896.19.3, Perm – 1977.11.8, Toshkent) — O’zbekiston xalq rassomi (1964). Mo- skva Oliy badiiy texnika inti (VXU- Tein)ni tugatgan (1927). 1930 y.dan O’zbekistonda. K. asarlarida O’zbekiston manzaralarini, mehnatsevar o’zbek xalqining kundalik turmushini yorqin bo’yoqlarda mehr b-n tasvirlaydi. «Poy- ga» (1927), «yo’ng’ichqa ortilgan arava» (1929), «Sherdor yonida» (1928), «sir- daryodan o’tish» (1930), «doyra ushlagan qiz» (1945), «tushki dam olish» (1949), «Hosil» (1957), «insoniyat bahori» triptixi (1961), «sukunat» (1962), «Bog’ko’cha» (1965), «tinch payt» (1967), «Samarqand madonnasi» (1971), «mo- zor yonida» (1973) va b. mehnat ahli, o’zbek ayoli manzara fonida aks etti- rilgan kartinalari, natyurmortlari («Kungaboqar», 1939; «behi», 1956 va b.) yorqin bo’yog’i, muallifning o’ziga xos ifoda uslubi b-n diqqatni tortadi. PLA- katlar, etyudlari boy mazmuni, ifodali- ligi b-n muhim. Rassom Alisher Navo- iy ijodiga ko’p marta murojaat qilib, asar qahramonlarini jonli aks ettirdi («Bunyodkor Farhod», 1939; «Bahrom go’r zangori saroyda», 1941; «Layli va maj- nun», 1966; «Farhod va Shirin», 1968; «Farhod», 1970 va b.).