KASHKUL

KASHKUL, kachkul, satil – 1) mis idish; odatda, masalliqlar saqlanadi. Chuqur, qopqoqli, dastali bo’ladi. Islimiy, girih naqshlar bilan nafis bezatiladi. Toshkent, Xo’jand, Qo’qonda Kashkul, Andijon, Marg’ilon, Namanganda satil deb ataladi; 2) qalandar va darvishlar enboshiga osib yuradigan uzunchoq idish; ichiga xayr-sadaqa narsalari solingan.