Kashnich

Kashnich (Coriandrum) — soyabon- guldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simliklar turkumi, efir moyli va ko’kat-sabzavot ekini. O’rta dengiz atrof- larida 2 turi, O’rta Osiyoda 1 turi — ekma K. (C.sativum) o’sadi. Evropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shim. Amerika, mamla- katlarida, Ukraina, Rossiyaning marka- ziy qoratuproq viloyatlarida xo’jalik maqsadlarida ekiladi. Urug’idan etish- tiriladi. K. poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti; soyabonlarga to’plangan. Mevasi yumaloq. Bir urug’i ochilmaydigan ikki mevachadan iborat. Sovuqqa chidamli. Erta bahordan kech kuzgacha ekish mumkin. Nihollari 32— 34 kunda ko’kat sabzavot holida foydalanishga yaroqli bo’ladi. Urug’i 90-95 kunda pishadi. 1000 dona urug’i vazni 5-8 g. K.ning barglarida ka- liy tuzlari, oqsillar, vitamin VR V2, S, R, provitamin A mavjud. Urug’ida 0,2— 1,4% efir moyi va 16-28% texnik moy bor (parfyumeriya, qandolatchilik, oziq- ovqat sanoatida ishlatiladi). K. ko’kati sho’rva, go’shtli va sabzavotli ovqatlarga, urug’i va yosh maysalari ziravor sifati- da go’sht sirkalashda ishlatiladi. Sous- larga solinganda xushbo’y ta’m beradi. K. asalshirali o’simliklar guruhiga kiradi. Urug’bo’yicha hosildorligi 8-15 ts/ga. O’zbekistonda K.ning Yantar («Qahrabo») navi 1953, orzu navi 1999, Orom navi 2001 y.dan r-nlashtirilgan.