Kashtan tuproqlar
Kashtan tuproqlar— dasht tuproqlari turi. Kashtan daraxti mevasi tusida (jigar rang) bo`lganligidan shunday ataladi. Asosan, chalov va burgan o`sadigan dashtlarda yog`in yetarli bo`lmagan sharoitda rivojlanadi. Kashtan tuproqlar tarkibidagi chirindi (gumus) miqdoriga qarab, och kashtan, oddiy kashtan, to`q kashtan xillarga bo`linadi. Qozog`iston, Janubiy Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Volga bo`ylari, G`arbiy Sibirning janubiy qismida, Turkiya, Mongoliya, Shimoliy Xitoy, AQSh va Argentinada keng tarqalgan. Bunday yerlarda bug`doy, makkajo`xori, kungaboqar va boshqalar ekiladi.