Kassini

Kassini (Cassini) — ota-bola frantsuz astronom va geodezistlari (millati — italyan): 1) Jovanni Dome- Niko Kassini (Janubiy Dominik) (1625-1712)— Parij rasadxonasining birinchi direktori (1669 yildan); Yupiter va Marsning aylanishini, Saturnning 4 yo’ldoshini kashf qilgan, Saturn halqasidagi tirqish (Kassini bo’linmasi yoki «tirqishi») ni aniqlagan. Oyning optik librasiyasi (tebranishlari) ni tadqiq qilgan; 2) Jak Kassini (1677-1756)— Parij rasadxonasining direktori (1712 yildan); Parij meridianining Janubiy va shimoliy yoylarini o’lchashda qatnashgan; parallel gradusini birinchi bo’lib o’lchagan (1734).