KASTLER (KASTLER) ALFRED
KASTLER (KASTLER) ALFRED (1902.3.5, Gebviller — 1984) — Fransuz fizigi, Frantsiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1964 yildan). Parijdagi Oliy normal maktabni tugatgan (1924). Ilmiy ishlari optika, atom spektroskopiyasi va kvant elektronikaga oid. O’zi kashf qilgan va ishlab chiqqan optik uyg’otish usuli yordamida radiochastotalar sohasida magnit rezonans hodisasini aniqlagan (1950). Nobel mukofoti laureati (1966).