Katakomba
Katakomba (italyancha catacomba, kechki lotincha catacumba-yer osti maqbarasi so’zidan)-mag’ora, yer tagidagi tabiiy yoki sun’iy uzun g’or-mag’ora; Katakombadan diniy marosimlarni o’tkazish yoki o’lganlarni dafn etish joyi sifatida foydalanganlar. Eng mashur Katakomba Rim yaqinida, Neapol, Sitsiliya va Malta orollarida, Shimoliy Amerikada, Kichik Osiyo va boshqa joylarda bor.