Katalan tili

Katalan tili — roman tilla- rining iber-roman guruhiga mansub. Is- paniyaning Kataloniya, Valensiya Muxtor viloyatlarida, Balear o.larida, Fran- tsiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shu- ningdek, Andorra davlati hamda Sardi- niya o. (Italiya)ning ALGERO shahrida tarqalgan. K.t.da taxm. 8 mln. dan ziyod kishi gaplashadi (1992). Ispaniya (is- Pan tili b-n bir qatorda), Andorra dav- latlarining (ispan va frantsuz tillari b-n bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy (Barselon, Balear, russimon, Alger) va g’arbiy (leridan, Valensi) dialektlarga bo’linadi. Fo-netikasida murakkab kon- sonantizm (undoshlar tizimi) hamda fo- nemalarning nutkda g’oyat o’zgaruvchanligi b-n ajralib turadi. Mazkur tilning lek- SIKASI va sintaksisiga ispan tilining ta’siri katta bo’lgan. K.t.ga oid yozma yod- gorliklar 11 —12-a. larda paydo bo’lgan. 13-a. o’rtalaridan adabiy K.t. shakllana boshlagan. Hoz. adabiy K.t. 19-20-a.lar- da shakllangan. Uning asoschisi 19-a.da yashab o’tgan atoqli yozuvchi J. Verdager. Yozuvi lotin alifbosi asosida.