Katalaun jangi
Katalaun jangi – shim.- Sharqiy Frantsiyaning Trua sh. g’arbidagi Katalaun yalangligida G’arbiy Rim im- periyasi va uning ittifoqchilari (Fran- klar, vestgotlar, burgundlar, alanlar va b.) hamda Attila boshchiligidagi Gunn – lar va ularning ittifokchilari (ost- gotlar, gepidlar va b.) o’rtasida bo’lgan jang (451 i. iyun). Rim qo’shiniga Aesiy qo’mondonlik qilgan. Attilani Galliyaga bostirib kirganidan xabar topgan Ae- tsiy tezda Alp tog’laridan oshib o’tib vestgotlar qiroli Teodorix I ni o’ziga qo’shilishga ko’ndirgan. Ularga Aesiy xizmatiga kirgan boshqa qabilalar ham qo’shilgan. K.j. tarixda «xalqlar Jan- gi» nomi b-n mashhur bo’lgan. Erta tong- da boshlangan bu dahshatli jangga faqat tun tufayli xotima berilgan. Qulay mavqega ega bo’lish uchun har ikki tomon jang maydonidagi tepalikni egallash- ga harakat qilgan. Uni avvalroq Aesiy qo’shini egallab olgan. G’arb tarixchi- lari fikriga zid o’laroq Attila jang- da engilmagan, u qad. turkiy xalqlar harbiy san’ati — arobaturodan unum- li foydalangan. Jangda Teodorix og’ir jaro-hatlanib, otlar oyog’i tagida toptab tashlangan. Jang shu qadar shiddatli bo’lganki, Aesiy jang paytida adashib dushmanlar orasida qolgan va zo’r-bazo’r ittifoqchilari qarorgohidan panoh top- gan. Ertasi kuni Teodorixning o’g’li to- rismund Aesiy taklifiga ko’ra, otasi taxtini egallash uchun yurtiga jo’nagan. Attila esa Reyn ortiga qaytgan va yangi kuch b-n shim. Italiyaga bostirib kir- gan. Tarixchi Iordanning yozishicha, K. j. da 180 mingga yaqin kishi halok bo’lgan. Ad.: Iordan, o proisxojdenii i de- yaniyax gotov, M., 1960.