KATORGA

KATORGA (so’nggi Yunoncha Katergon — Galera — eshkakli harbiy kema) — mahbuslarni og’ir jismoniy mehnatga jalb qilish bilan bog’liq bo’lgan jazo turlaridan biri. O’rta asrlarda vujudga kelgan. Rossiyada 18-asr boshida paydo bo’lgan. Katorgaga hukm qilinganlar mehnatidan qal’alar qurishda, flotda, konchilik (Nerchinsk Katorgasi)da foydalanishgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Markaziy Katorga turmalari tizimi ko’rinishida mavjud bo’lgan (1917 y. Rossiyadagi Fevral inqilobidan so’ng bekor qilingan).