KATTA AVSTRALIYA QO’LTIG’I

KATTA AVSTRALIYA QO’LTIG’I -Hind okeanidagi qo’ltiq. Avstraliyaning Janubiy qirg’og’i yonida. Peysli va Banke burunlari oralig’ida. Maydoni 1335 ming kilometr kvadrat. Chuqurligi 5690 metrgacha. Sharqiy qismida Spenser va Sent-Vinsent qo’ltiklari quruqlik ichiga ancha kirib borgan. Katta Avstraliya qo’ltig’ining Sharqiy qismida kenguru oroli bor. Dengiz suvi 3,6 metrgacha ko’tariladi. Yirik porti — Adelaida.