KATTA AYIQ
KATTA AYIQ, katta yetti og’ayni, Katta yetti qaroqchi (lotincha Ursa major) — osmonning shimoliy yarim sharida olam qutbiga yaqin joylashgan yulduz turkumi. Uning 7 ta yorug’ yulduzi (ravshanligi 2 — 3 kattalikda) ning turishi cho’michga o’xshaydi. Kishilar juda qadim zamondan (taxminan 100 ming yillar ilgari) ajratib kuzatishgan. O’zbekiston hududida yil bo’yi ko’rinadi.