Katta gildiya
Katta gildiya (nemischa Glide-korporatsiya, uyushma so’zidan)-Boltiqbo’yi shaharlaridagi (Tallin, Riga Tartu va boshqalar) yirik savdogarlar va ko’chmas mulk egalari bo’lgan imtiyozli tabaqa uyushmasi. XIV asr o’rtalariga yaqin shakllangan. Katta gildiyaning shahar kengashi faoliyatiga ta’siri juda kuchli edi.