Katta O’rda, ulug’O’rda
Katta O’rda, ulug’O’rda — Oltin O’rdasan ajralib chiqqan tatarlar dav- lati (1433-1502). Shim. Qora dengiz- ning shim. sohili va quyi Volga bo’yi qududidan iborat bo’lgan. 1434-59 y.larda To’xtamishnnnt o’g’li Sayid Ahmad K. O’. xoni bo’lgan. K.O’. tatarlarining asosiy mashg’uloti sodda dehqonchilik b-n uyg’unlashib ketgan ko’chmanchi chor- vachilik edi. K.O’. yaylovlari Volgadan Dneprgacha yoyilib ketgan. K.O’.da Mang’it amirlari katta siyosiy mavqeni egallash- gan. Ahmad xonligi davrida (1459-81) K.O’. vaqtincha kuchaygan, u 1480 y. Rusni kaytadan mo’gullarga tobe etishga urin- gan. Rusga qilingan muvaffaqiyatsiz yurishdan so’ng, rus davlati uzil-kesil mo’g’ullar istibdodidan xalos bo’lgan. 1486— 91 y.larda Qrim xoni Mengli Garay K.O’.ga qattiq zarba bergan va 1502 y.da esa uni tugatgan.