Kattasoy

Kattasoy (boshlanishida Oqsuv, o’rta oqimida Kengko’lsoy deb ham ata- ladi) — Tojikistondagi soy. Sirdaryo- ning chap irmog’i. Uz. 58 km, havzasining mayd. 631 km2. Oqsoy dovonidan 1,5 km Jan.-sharqdan boshlanadi. K.ga Ko’ktepa, Ko’rganoq tog’larining shim. yon bag’irlaridan oqib tushadigan 15 ta irmoq kelib qo’shiladi. Shim.-Sharqiy yo’nalishda oqadi, Sirdaryogacha etib bor- maydi, Qushkent qishlog’idan 5 km Jan.- Sharqda qurib qoladi. K. qor, yomg’ir va er osti suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 1,88 m3/sek. To’linsuv davri apr.—avg. oylariga to’g’ri keladi. K.da Kattasoy suv ombori qurilgan. K. suvi b-n Jizzax viloyati Zomin tumani- ning Tojikiston b-n chegaradosh erlari ham sug’oriladi.