Kattasoy
Kattasoy (boshlanishida Oqsuv) — Toshkent viloyati Ohangaron tumani- dagi soy. Dukantsoyning eng katta chap irmog’i. Chatqol tog’tizmasining Jan. yon bag’irlaridagi (2000 m) buloqlardan boshlanadi. Uz. 20 km, havzasining mayd. 86 km2, 46 ta kichik irmog’i bor. K. yon bag’irlari baland ko’tarilgan tor vo- diyda, katta nishablikdagi serostona Toshloq o’zanda oqadi. Ancha sersuv, yil- lik o’rtacha suv sarfi 1,0 — 1,5 m’/sek. K. bahorda to’lib oqadi, yozning oxiri va kuz oylarida esa suvi kamayib ketadi. K.dan Yangiobod sh. suv oladi.shahar atrofida- gi erlar sug’oriladi.