Kavalergardlar

Kavalergardlar (fransuzcha cavalier-chavandoz, garde-muhofaza)-rus gvardiyasida XVIII-XX asr boshlarida imtiyozli kavaleriya qismi. Dastlab 1724 yil 30 martda Yekaterina I ning tantanalar paytidagi faxriy qorovuli sifatida paydo bo’lgan. Hukmdorning o’zi ularning kapitani unvonini qabul qilgan. 1800 yil 11 yanvarda Kavalergardlar korpusi 3 eskadronli Kavalergardlar polkiga aylantirildi va gvardiya qo’shinlari tarkibiga kirgan va uning maqomi boshqa polklar bilan tenglashtirildi. Ilk marta 1805 yil 20 noyabrda Austerlits yaqinidagi jangda qatnashganlar.