Kavkaz

Kavkaz — qora, Azov va Kaspiy dengizlari orasidagi hudud (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan; ehtimol u qora dengiz Jan. sohilida qad. yashagan «Kavkaz» xalqining nomi- dan bo’lsa kerak, deb taxmin qilinadi; K. atamasi dastlab mil.AV. 479 y.da yunon dramaturgi Esxilning «zanjir- band Prometey» tragediyasida qayd etil- gan). Shim.da Kuma-Manich botig’idan Jan.da tabiiy geografik va geologic jihatdan shartli ravishda Zakavkaze respublikalarining Turkiya va Eron b-n bo’lgan davlat chegaralarigacha cho’zilgan. Mayd. 500 ming km2. Shimoliy Kav- kaz va Zakavkazega bo’linadi. Ular o’rtasidagi chegara katta Kavkazning Bosh (yoki suvayirg’ich) tizmasidan o’tadi. Relefi, asosan, tog’lardan iborat. Taman ya.o.dan Apsheron ya.o. gacha Katta Kavkaz tog’lari cho’zilgan. Bu tog’larning shim. etaklaridan Kuma- Manich botig’igacha bo’lgan hudud Kavka- zoldi deyiladi. Katta Kavkazdan Jan. da Kolxida va kura-Arake pasttekisli- klari bor. K.ning Jan.-sharqida burma- li tolish tog’lari (bal. 2477 m gacha) va Lenkoran pasttekisligi joylashgan. K. janubining o’rta va g’arbiy qismlarini Zakavkaze tog’ligi egallagan. K. O’rta dengiz geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orografiyasida Kavkazoldi yosh platformasi (plitasi), Katta K. megantiklinoriysi, Rioni-ku- ra tog’oralig’i bukilmalari zonasi va Kichik K. megantiklinoriysi ajralib turadi. Kavkazoldi plitasi shim.-g’arbiy qismining zamini tokembriy Ukraina kristalli massivining er tagidagi Jan.- Sharqiy davomi. Kavkazoldining qolgan qismi o’rta paleozoy burmali zaminiga mansub. Kavkazoldi cho’kindi jinslar qoplami miosengacha to’plana borgan. Miosen oxirida Stavropol qirlari ko’tarilib, Azov-Kuban botig’ini Te- rek-Kuma botig’idan ajratib qo’ygan. Pliosen oxirida Terek va Sunja tizma- larining antiklinal zonalari paydo bo’lgan. Katta K. Markaziy qismining shim. yon bag’ri Kavkazoldi plitasining chekkasi bo’lib, bu erda yangi tektonik harakatlar bo’lib turadi. Janubroqda Yon tizmaning intensiv gersin burmala- nish zonasi Pshekish-Tirniauz yoriklari zonasidan ajralgan. Yanada janubrokda, bosh tizma zonasida gersin metamorfik majmuasi ko’tarilgan. Rioni-kura tog’ oralig’i bukilmalari zonasi va kichik K. megantiklinoriysining zaminini yuqori tokembriy — quyi kembriy me- tamorfik majmuasi tashkil qilgan. K. har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va katta K.ning Jan. yon bag’rida, kichik K.da rangli metall kon- lari, shim. Osetiya-Alaniya, Gruziyada qo’rg’oshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur (Armaniston)da mis va molib- den, Ozarbayjonda temir rudasi, alu- nit, Tkibuli, Tkvarchelida toshko’mir, Chiaturada marganes konlari bor. Ozar- bayjon, Checheniston-Ichkeriya, Ingushiya, Dog’iston respublikalari, Krasnodar va Stavropol o’lkalarida neft qazib oli- nadi. K. turli xil mineral suv, Binokor- lik materiallari va b. minerallarga boy. K. mo»tadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida. Yanv.ning o’rtacha t-rasi Kavkazoldida -2, -5°, G’arbiy Zakavkaze (Kolxida pasttekisligi)da 4,5—6°, Sharqiy Zakavkaze (kura-Araks va Lenkoran pasttekisligi)da 1-3,3°. Iyulning o’rtacha t-rasi g’arbida 23-24°, sharqida 25-29°. Yillik yog’in sharqida 200-400 mm, g’arbida 1200-1800 mm. G’arbiy va Markaziy K. yon bag’irlariga 2500 mm dan 4000 mm gacha yog’in tushadi. Katta K.da muzlik ko’p. Umumiy soni 2200 dan ziyod, mayd. 1428 km2. K. da- ryolari Kaspiy (kura va irmog’i Araks, Sulak, Terek, Kuma), kora dengiz (ri- oni, Inguri va b.) va Azov dengizlari (Kuban) havzalariga mansub. K. Daryo- larida ko’plab GES qurilgan (Kurada Mingechaur va Zemo-Avchala GESlar, Katta K. daryolarida xrami, Rioni va b. GESlar). Eng yirik ko’li — Sevan. Kavkazoldining tekislik landshaftla- ri mo»tadil mintaqaga, Zakavkaze esa subtropik mintaqaga kiradi. G’arbiy va O’rta Kavkazoldining landshaftlari dashtdan iborat. Stavropol kirlari- ning balandroq qismlari, Mineralnie Vodi atroflari, Sunja tizmasining g’arbiy qismlari va katta K. ning kiya te- kisliklarini o’rmonli dasht egallagan. Sharqiy Kavkazoldida och tusli kashtan tuproqlardagi shuvoqli chala cho’l lan- shafti zonal landshaftdir. Kura-Araks pasttekisligining chala cho’llarida onda- sonda sho’rxok cho’ldar ham uchraydi. Kol- xida va Lenkoran pasttekisliklarida nam subtropik landshaftlari tarqalgan. Katta K. Jan. yon bag’rining quyi qismi, Kichik K. ning shim. yon bag’ri va tolish tog’larida subtropik o’rmon landshaftla- ri bor. K. tog’larida tog’-o’rmon landshaft- lari hukmron. Sharkay K. (Dog’iston) va, qisman, Markaziy K., Armaniston tog’ligining LAVA platolari va tekisli- klarida tog’-dasht landshaftlari uchray- Di. Katta K. ning eng baland cho’qqilarida glyasialnival landshaftlari tarqalgan. K.da Kavkaz, Teberda, Risa, dili-jon va b. qo’riqxonalar bor. K.da Rossiya Fede- rasiyasi xududining bir qismi, Ozarbay- jon, Armaniston, Gruziya, Turkiyaning Sharqiy va Eronning shim.-g’arbiy qismi joylashgan. K.da yirik kurort r-nlari, Kavkaz mineral suvlari, qora dengiz bo’yi kurortlari, turizm va alpinism markazlari bor.