Kavkaz qo’riqxonasi
Kavkaz qo’riqxonasi – Bosh Kavkaz tizmasining g’arbiy qismida, RF Krasnodar o’lkasida. Mayd. 263,4 ming ga, shu jumladan, 170,9 ming ga o’rmonlar, 1196 ga suv havzalari. 1924 y.da suv muhofazasi va yirik tuyoqli hayvonlar sonini tiklash maqsadlarida tashkil qilingan. 1978 y. dan biosfera qo’riqxonasi. K. q. ning asosiy maydoni (263 ming ga) baland tog’li hududlarda joylashgan (eng yuqori nuqgasi Tsax- VOA tog’ida — 3345 m). O’simlik va hayvonot olami O’rta dengiz, Evropa shimoli, O’rta Osiyo namunalaridan shakllangan. K. q. florasida daraxt- lar va butalarning 170 turi, sut Emi- zuvchilarning 70 turi, qushlarning 225 turi (152 turi in qo’yib, jo’ja ochadi) bor. Oq qarag’ay, qora qayin, 900 m ba- landlikkacha dub, grab, nok, olma, jo’ka va b. o’sadi. Tur, Serna, kiyik, bug’u, chiyabo’ri, bo’rsiq, yovvoyi cho’chqa, qo’ng’ir ayiq, suvsar, Kavkaz quri va b. yashaydi. K. q. tarkibiga qora dengiz bo’yida, Sochi sh. yaqinida uchlamchi davr Yodgor- liklari bo’lgan xosta tise va shamshod daraxtzorlari (306 ga) ham kiradi. Ad.: Xoxlov A. M., Solodko A. S, Kav- kazskiy Gosudarstvenniy biosferniy zapovednik, Krasnodar, 1982.