KAVUSH

KAVUSH (forscha) — poyabzal turi; odatda mahsi bilan yoki sarpoychang kiyiladigan oyoq kiyimi. Kavush betlik, jag’, dastak, tagcharm va poshnadan iborat. Kalish shaklida, dastagi va jag’i kalishga nisbatan ensiz. Baland va past poshnali bo’ladi. Kosiblar tomonidan erkaklar (mardona), ayollar (zaifona), bolalar (bachkana) Kavush xillari tayyorlanadi.