Kaykovus chorbog’i

Kaykovus chorbog’i – Shaybo- niylardan Suyunchxo’jaxon tomonidan Toshkentda bunyod etilgan chorbog’ (1525). Toshkent hokimlarining qarorgohi hamda jangda yarador bo’lgan o’zbek sul- tonlari davolanadigan shifoxona bo’lgan. «Abdullanoma»la keltiril- gan ma’lumotga ko’ra, 16-a.da Toshkent- dagi Kaykovus arig’i bo’yida (Shahar qo’rg’oni tashqarisida) «Kaykovus bog’i» bo’lganligi va bog’da Toshkent sultonla- ri yashaganligi aytiladi. Vosifiyning «Badoe ul-vaqoe» asarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, K.ch.da shoir- lar, musiqachilar va b. o’z san’atlarini namoyish etishgan. Bu bog’da daraxt va gullarning turli-tuman navlari, meva- siz, manzarali daraxtlar ko’plab ekil- gan. Soyasida yozning issiq kunlarida dam olishgan. Yog’ochidan qurilishlarda foydalanilgan. Ayniqsa, Samarqanddan keltirilgan kumushrang terak, qayrag’och va b. daraxtlar mashhur bo’lgan.