KAYQUBOD

KAYQUBOD, Kavi Kavata Eron mifologiyasida va afsonaviy tarixida Kayoniylar sulolasi asoschisi. «Shohnoma»ga ko’ra, Garshasp vafotidan so’ng podshoh taxti bo’sh qolgan. Zol va Rustam Kayqubodni chaqirtiradilar, Rustam Kayqubodni Alburz tog’i yon bag’ridan topadi. Kayqubod shoxligi davrida Afrosiyob boshchiligidagi Turon qo’shini tor-mor qilinib, Eron bilan Turon o’rtasidagi chegara Jayxun (Amudaryo) bo’ylab belgilangan, mamlakatda bir oz muddatga tinchlik, osoyishtalik qaror topgan, deb naql qilinadi.