Kech
Kech (inglizcha ketch)-ikki machtali yelkanli kema. Quyruq machtasi rul chambaragi oldiga o’rnatilgan. Shunday tuzilishga ega savdo kemalari gukorlar deb atalgan. Kech shxunadan orqa machta oldingi machtadan pastligi bilan farqlanadi. Shuningdek, Kechda oldingi machta grot (shxunada fok), orqa machta bizan (shxunada grot) deb ataladi. Kechning yelkanlari qiyshiq bo’lgan.