Kechik, kechuv, o’tkil, guzar

Kechik, kechuv, o’tkil, guzar — Daryo yoki soyning kechib o’tish mumkin bo’lgan sayoz qismi. Joy nomlari tarkibida ham uchraydi. Mas, Ettikechuv (Zomin tumani), Qizilkechuv (Yangiyo’l tumani), Qorakechuv (Piskent tumani). Kechirim — ayrim mamlakatlar- da afv etishnnt xususiy shakli (xususiy afv); davlat boshligi tomonidan jinoiy jazoning bekor qilinishi yoki yumshati- lishi. K. yakka tartibda muayyan shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Jinoyat uchun mahkum etilgan shaxs K. aktiga (qonuniy xujjatiga) binoan jazoni bundan keyin o’tashdan ozod qilinishi mumkin. K.da belgilangan jazo kamaytirilishi yoxud jazoning yumshoqroq turi b-n almashti- rilishi ham nazarda tutiladi. K. akti b-n jazoni o’tagan shaxsdan sudlanganlik bekor etilishi mumkin (yana q. Amni- stiya).