Kechuv
Kechuv (harbiy ishda) — qo’shinlarning suv to’siqlaridan (Daryo, ko’l, kanal, bo’g’oz va qo’ltiqdan) o’tish usul va yo’llari. K. to’siqlar va qo’llaniladigan o’tish vositalari- ning xarakteriga qarab, quyidagilarga bo’linadi: 1) desant usuli b-n K. (asosan, ilg’or bo’linmalar hamda ulardagi qurol- yarog’va jangovar texnikaning suzuvchi avtomobillar, bronetransportyorlar, mo- torli qayiqlar va b. vositalar yordamida kechib o’tishi); 2) parom usulida K. (tank, artilleriya, avtomobil va b. og’ir harbiy texnikaning sol va suzuvchi moslama yor- damida kechib utishi); 3) ko’priklar vosi- tasida suv tusiklaridan o’tish.