Kegeyli
Kegeyli — Qoraqalpog’iston Re- spublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1978 y.dan). Tuman markazi. Yaqin t.y. stantsiyasi — Nukus (41 km). Axoli- si 13,0 ming kishi (2000). Shaharcha hududidan Jilvonyop kanali oqib o’tadi. K.da hokimiyat binosi, 2 bank, madaniyat saroyi, Markaziy kasalxona, ma’muriy idoralar, 2 dehqon bozori, «Paraxat» xususiy korxonasi, maishiy xizmat uyi, avtokorxona va b. mavjud. Shaharchada 4 o’rta maktab, kasb-hunar va o’rta ta’lim liseylari, 2 madaniyat va istirohat bog’i, «Do’stlik» guzari «Tuyamo’yin» suv saqlagichi bor.