Kekilov omon
Kekilov omon (1912.9.5, hoz. Ashxobod tumani — 1974. 13.12, Ash- xobod) — Turkmanistan xalq yozuvchisi (1967), adabiyotshunos olim. Asarlari- da turkman xalqi hayoti, o’zbek-turkman xalqlari do’stligi, mehnati va kura- shi aks etgan («Do’stlik daryosi», she’r; «Olg’a», 1935; «so’nggi uchrashuv», 1940; «O’lim panjasida», 1942 dostonlari; «Sevgi» she’riy romani, 1-2-kitob, 1947-57 va b.). Bir qancha pesalar mu- allifi. Adabiyotshunoslikka oid «mul- lanafas» monografiyasi (1957), «badiiy asarning tili haqida» (1942), «adabiyot nazariyasi» kitobi (1961) va b. asarlari bor. «Buyuk lirik» monografiyasi (1969) da Navoiy an’analarining Mahtumquli ijodiga ta’siri tadqiq etilgan. «So’z san’ati» (1970) asari turkman adabiyot- shunosligida muhim o’rin tutadi. Hoz. o’zbek shoirlari, adabiyotshunos olimla- ri b-n ijodiy aloqada bo’lgan. She’rla- ri, maqolalari o’zbek tiliga tarjima qilingan.