Kekirdak, traxeya

Kekirdak, traxeya (Tracnes) — odam va umurtqali hayvonlar na- fas yo’llarining hiqildoqaan keyin- gi qismi. Odamda uning uz. 9-12 sm, dia-metri 1,5—2 sm. K.ning shilliq qavatida bezchalar ko’p. Bo’yin sohasida K. ko’krak bo’shlig’iga o’tadi va IV—V ko’krak umurtqalari ro’parasida o’ng hamda chap bronxlarga bo’linadi. Bo’lingan joy K. ayrisi deb ataladi. K.ning yuqori qismi bir oz harakatchan, pastki ayri qismi deyarli harakatlanmaydi. K. 16-20 ta Tog’ay yarim halqa shaklida tuzilgan. Orqa tomonda bu halqalarning ochiq (tutashmagan) joyida K. devori parda b-n qoplangan bo’lib, unda ko’ndalang yo’nalgan silliq muskul tolalari bor. K. tog’aylari bir-biri b-n fibroz boy- Lam yordamida tutashgan. K. ichki tomon- dan shilliq parda b-n, parda esa tukli epiteliy b-n qoplangan. Shu parda tagi- da shilimshiq ishlab chiqaradigan bez- lar ko’p. Epiteliy va shilimshiq nafas olishda K.dan o’tadigan havoni ilitib, namlab turadi va havo tarkibidagi chang zarralarini ushlab qoladi. Hiqildoq va K. kasalligi sababli o’pkaga havo o’tmay kolganda K.ni ochib naycha qo’yiladi (tra- xeotomiya). K.ning yallig’lanishi traxeit deb ataladi.