Keles

Keles — Toshkent viloyatidagi shahar (1949 y.dan), Toshkent tumani Mar- kazi. Keles daryosining chap sohilida, Toshkent sh. chekkasidan 2 km shim.-g’arbda, Toshkent — Sariyog’och t.y. yoqasida. T.y. stantsiyasi (Keles). Aholisi 28,9 ming kishi (2001), aso- san, o’zbeklar, shuningdek, boshqa mil- lat vakillari ham yashaydi. Mayd. 12,9 km2. Shahar nomining kelib chiqishi to’g’risida tarixchi, geograf, toponimist va tilshunos olimlarning gipotezala- ri mavjud. Mas: turkiycha kele— qal’a (N.Baskakov); yoki keli — til va Su ya’ni tilga o’xshash Daryo (E.Qo’ychiboev). Adabi- yotlarda K.ning Qalos, Kalas variantla- ri ham bor. Shaharda junga ishlov berish, par- randachilik f-kalari, bir qancha qo’shma hamda xususiy korxonalar, g’isht, vino z-dlari mavjud. Tuman hokimiyati, «sav- dogarbank» binolari, dehqon bozori, AV- tomobillarga xizmat ko’rsatish shoxobcha- si, 6 umumiy ta’lim, biznes maktablari, «Keles» Markaziy stadioni, Markaziy kutubxona, «shon-Shuhrat» muzeyi bor. Tez tibbiy yordam ko’rsatish shoxobchasi, akusherlik va ginekologiya bo’limi, sa- nitariya-epidemiologiya st-yasi aholiga xizmat ko’rsatadi.