KELINSUPURGI

KELINSUPURGI (Diarthronvesiculosum) — kelinsupurgidoshlarga mansub bir yillik o’t. Poyasi silliq, bo’yi 15-40 santimetr, O’rta Osiyoda cho’l va adirlarda, bo’z tuproqlarda nisbatan ko’proq o’sadi. Bu o’simliqdan, asosan, supurgi qilinadi (nomi ham shundan).