Kema dvigateli

Kema dvigateli — kemaning harakatlanishini (asosiy) yoki uning elektr generatorlari, nasoslari, venti- lyatorlari va b.ni ishlatishni (yordamchi) ta’minlaydigan qurilma. Dastlabki K.D. bug’mashinasi bo’lgan. Hozir dizel, bug’ turbinasi va gaz turbinasi K. D. bo’lib xizmat qiladi. Ko’pincha, turli tipdagi kemalarda dizellar (asosii va yordamchi dvigatel) lardan foydalaniladi. Bu esa barcha tipdagi K. D. ichida eng tejamli- si hisoblanadi. Bug’turbinalari yirik tankerlar, gaz va konteyner tashigichlar, yadro kuch qurilmali kemalar va b.da, gaz turbinalari harbiy kemalar, suv osti qanotli, havo yostig’ida harakatlanadigan kemalarda asosiy dvigatel sifatida qo’llaniladi. Kema harakatlantirgichini ishlatish uchun asosiy K. D. eshkak vinti b-n bevosita yoki reduktor orqali birik- tiriladi. Ba’zi kemalarda K. D. eshkak vintining asosiy generatori va elektr dvigateli b-n elektrik tutashtirilgan. Kichik kemalarda K. D. bir vaqtda eshkak vintini ham, elektr generatorini ham aylantiradi.