Kemtik

Kemtik — tug’ma nuqson; yumshoq tanglayda ko’p uchraydi. Embrional rivojlanish davri (homila)da tanglay o’siklarining o’zaro yoki yumshoq tanglay- ning muskulli tuzilmasi bilan jipslashmay qolishidan yuzaga keladi; «bo’ri tanglay» deb shunga aytiladi. Lab kemtigi (tirtig’i) yuqori labning tug’ma yoriq bo’lishi, «nishon»; yuz to’qimasida tug’ma yoriqlar bo’lishi, odatda, yuzni tashkil etuvchi embrional bo’rtmachalarning bitmay qolishi tufayli vujudga keladi.