Kenema
Kenema — Serra-Leonedagi shahar, mamlakatning Jan.-sharqida. Sharqiy provintsiyaning ma’muriy markazi. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990-y.lar boshlari). Avtomo- bil yo’llari tuguni. Xunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda yirik kor- xona — yog’ochsozlik k-ti («Forest in- dastris» davlat kompaniyasi) mavjud bo’lib, mebel, yog’och plitalar va b. ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati (sholi oqlash, kofe, go’shtni qayta ishlash va h.k.) korxonalari, avtomobil ta’mir- lash ustaxonalari, olmosga ishlov berish korxonalari, issiklik elektr st-yasi, texnika inti bor. Q. x. mahsulotlari b-n savdo qilinadigan markaz. K. yaqinida xromit konlari topilgan.