Kenesari qo’zg’oloni
Kenesari qo’zg’oloni – O’rta juznpng Rossiyaga tobe qilib olinishi- ga qarshi olib borilgan milliy ozod- lik harakati (1837-47). Rossiya im- periyasi 19-a. boshlaridan e’tiboran Qozog’istonni butunlay bo’ysundirish tadbirlarini ishlab chiqdi. 1819 y. O’rta juz tugatilib, Omsk gubernyasiga qo’shib yuborildi. 1822 y. qabul qilingan Si- bir qirg’izlari bo’yicha Nizom (ustav)ga muvofiq, qozoq jamiyati okrug, bo’lis, ovullarga ajratilib boshqarilgan. Bo’lislar boshida sultonlar o’tirgan. Qozoqlarning an’anaviy turmush tar- zini emirish va ruslashtirish uchun hosildor erlarga kazaklar ko’chirib kel- tirila boshlandi. Qozoq aholisi chorizm- ning bunday mustamlakachilik siyosatiga qarshi Ablayxonning avlodlari atrofi- da uyusha boshladi. Dastlab kichik juzda Isatoy Tayminov va Maxambet utemi- sov boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi (1836-38). O’rta juzda Ablayxonning nevarasi Sulton Sarjan Rossiyaga karshi kurash boshladi (1836). Chorizmga qarshi olib borilgan bu kurashlar stixiyali va tarqoq bo’lsa ham 19-a.da qozoq xalqining Rossiya hukmronligiga qarshi ko’targan eng katta qo’zg’oloni — Sulton Kenesa- ri Kroimoe (1802-47) boshchiligida- gi qo’zg’olonni tashkil qilishda muhim rol o’ynaydi. K.q.ning asosiy maqsadi Qozog’istonning Ablayxon davridagi hududiy yaxlitligini saqlab qolish, okruglarni tugatish, Rossiya imperiyasi hali bosib olmagan qozoq erlarining to’la daxlsizligini saqlab qolish edi. Kenesari Qosimovning asosiy tala- blari Rossiya imperatori Nikolay I, Orenburg gubernatori V.A. Perovskiy, V.A.Obruchev, Sibir gubernatori Knyaz P.D.Gorchakov va b.ga yo’llagan xatlari- da ko’rsatilgan. Kenesariga birodarla- rining hech qaysisi jasoratda teng kela olmagan. U bobosi Ablayxonning eng yaxshi xislatlarini o’zida mujassamlash- tirgan, jo’shqinligi va harakatchanligi b-n hatto undan o’tib ketgan edi. Biroq, qo’zg’olon boshlanishi b-n qozoq zodagon- lari bir-biriga qarama-qarshi 2 guruhga bo’lindi. Oq-mo’la okrugining katta sul- Toni Konirkulja Kudaymendin, kichik juz sultonlari Ahmad va Muhammad Jonturin, Sulton Aychuvakov Kenesari- ning ashaddiy dushmanlari bo’lib, ular chor ma’murlari oldidagi o’z mavqeini yo’qotishni xoxlashmagan. Hatto Ablay- xonning o’g’illari Ali, suyuk (Kenesari- ning amakilari) ham u Ettisuvga jo’nab ketgach, qo’zg’olonchilarga nisbatan dush- manchilik munosabatida bo’lishdi. Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan Sulton Ke- nesari barcha vositalar b-n o’z atrofida 3 juzning urug’larini to’plashga erishdi. K.q.da O’rta juzdan tashqari Ki- chik juzning Shekti, tama, tabin, ol- chin, shumekey, japlas, katta juz- ning uysun, Dulat va b. urug’lari faol qatnashdi. Qo’zg’olonchilarning umumiy soni 20 ming kishiga etdi, xususan, O’rta juz sultonlari alohida jonboz- lik ko’rsatishdi. Omsk sud-jazolash muas-sasalari to’plagan ma’lumotlarga qaraganda, faqat Kushmurun, Ko’kchatov, Oqmo’la, Karqara,Boyonovul okruglarida qo’zg’olonchilarni 80 dan ortiq sultonlar, biylar, oqsoqollar qo’llab-quvvatlagan. Qo’zg’olonning harakatlantiruvchi kuchi qozoq chorvadorlari edi. Harbiy otryad- larga Agibay, iman (Omongeldi imo- novning bobosi), Basigara, angal, jeke, Boysaid, bukor-boy kabi taniqli xalq bo- tirlari rahbarlik qilishdi. Qo’zg’olonda qozoqlardan tashqari o’zbeklar, qirg’izlar, hatto ruslar va polyaklar ham qatnashdi. K.q. 1837 y. noyab.da boshlanib, faol harbiy harakatlar 1838 y. bahorida Oqmo’la istehkomi eg’allangach, kuchayti- rildi. Qo’zg’olonchilar tezda To’rg’ayda o’z kuchlarini birlashtirdilar. Ular safiga kichik juzdan Isatoy taymi- Nov o’z otryadi b-n kelib qo’shildi. 1841 y. sent.da 3 juzning vakillari Kenesa- ri Qosimovni xon qilib sayladilar, qozoq xonligi qayta tiklandi. 1841 y. avg.da Qo’qon xonligiga qarashli So’zoq, Janaqo’rg’on, Oqmachit, Julek qal’alari eg’allandi. Kenesarixonning Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligi b-n munosabatlari esa yaxshi bo’lgan. Xiva xoni qozoq otryadlarini to’plar va o’qdori b-n ta’minlagan. Kenesari- xon Rossiyaga qarshi kurashda ular b-n harbiy ittifoq tuzmoqchi bo’ladi. 1843 y. 27 iyunda Nikolay I K.q.ga qarshi Yi- rik harbiy yurish tayyorlash to’g’risidagi farmonni imzoladi. Qozoq urug’lari o’rtasidagi qarama-qarshilik chorizm ma’muriyatiga qo’l keldi. Lebedevning 2 ming kishilik qo’shini qozoq sultonlari A.Jonturin va B.Aychuvakovning otryad- lari b-n hamkorlikda qo’zg’olonchilarga qarshi tashlandi. 1844 y. 21 iyunda Ke- nesarixon qo’shini Sulton Jonturin qo’shinini engdi. Qo’zg’olonni bostirish uchun Orenburgdan polkovnik Dunikov- skiy, Sibirdan general Jemchujnikov boshchiligidagi qo’shinlar keltirildi. Ikki tomondan iskanjaga olingan Ke- nesarixon o’zining qolgan qo’shinini Sariq Arkudan olib, katta juzga chekin- Di. K.q.ning 1-bosqichidagi mustamla- kachilikka qarshi kurash shu b-n tugadi. 1847 y.dan boshlab uning 2-bosq-ichi — qirg’izlarga qarshi talonchilik yurishi boshlandi. Kenesarixon ili daryosining o’ng qirg’og’iga o’tib, u erdagi ko’chmanchi Olatov qirg’izlariga xavf soldi. 1847 y. apr.da Kenesarixon 10 ming kishi- lik qo’shin b-n qirg’iz erlariga bosti- rib kirdi. Qirg’iz manaplari o’rmon, Jantay Qorabekov, Jangarach qurultoy chaqirib, xalqni unga qarshi ko’tardilar. Issiqko’l atrofi va Chu daryosining yuqori qismida qirg’izlar b-n bir necha marta to’qnashuvlar bo’ldi. To’qmoq yaqinidagi so’nggi jangda Kenesarixon mag’lubiyatga uchradi. 1847 y. yozida Kenesarixon boshchiligidagi kichik guruh (2 o’g’li, birodari va 15 Sulton) Olmali darasi- da qirg’izlar tomonidan asir olindi. Manap Xo’jambek Toshtambek xun olish odatiga ko’ra, Sulton Kenesarixonni vahshiyona o’ldirdi. Asir olingan boshqa kishilar ham qiynab o’ldirildi. Manap Jantay Qorabekov uning boshini rus- larga yubordi. Knyaz Gorchakov bu qirg’iz manaplarini qimmatbaho sovg’alar va turli mansablar b-n siyladi. Qo’zg’olon ishtirokchilaridan ayovsiz o’ch olishga kirishildi. K.q. ana shunday fojiali yakunlandi. Uning oqibatlari qozoq juz- larining tamoman Rossiya imperiyasi tomonidan eg’allanishiga, shuningdek, Shim. Qirg’izistonga rus qo’shinlari bo- stirib kirishiga olib keldi. Ad.: Nasionalno-osvoboditelnaya borba kazaxskogo naroda pod predvodi- telstvom Kenesari Kasimova [Sbornik dokumentov] (rus va qozoq tilida), Alma- ti, 1996; materiali k istorii Sultana Kenesari Kasimova, T., 1923; Istoriya Kazaxstana (ocherk), Almati, 1993. Qahramon Rajabov.