KENG BURUNLI MAYMUNLAR

KENG BURUNLI MAYMUNLAR, Amerika maymunlari, yangi dunyo may- munlari (Platyrrhina) — odamsimon may- munlar sektsiyasi. Tor burunli maymun- lardan mustaqil holda, aksariyat daraxt muhitiga moslashish va yuqori darajada ixtisoslashish tufayli kelib chiqqan. Filogenetik jihatdan shim. Amerika uzun-tovon maymunlari b-n bog’liq. Bu- Run to’sig’i keng, burun teshiklari chetga qaragan. Dumi, odatda, tanasidan uzun, ayrim turlarida tutuvchi organga aylan- gan. Lunj xaltalari va quymich so’g’allari bo’lmaydi. 1 katta oilasi (Seboidea), 2 oilasi (qisqichdumli va o’ynoqi maymun- lar), 60 ga yaqin turi bor. Markaziy va Jan. Amerika o’rmonlarida tarqalgan, 18 turi va 2 kichik turi xalqaro qizil kitobga kiritilgan.