Keng ekranli kino
Keng ekranli kino – kinofil- mlar keng ekranda namoyish qilinadigan kinematografiya turi. Filmni surat- ga olish va namoyish etishda anamorfot optikadan foydalaniladi, bunda tasvir gorizontal toraytirib kinoga olinadi va ekranga yoyib proektsiyalanadi. Turli mamlakatlarda K. e. k. ning har xil ti- zimlari ixtiro qilingan. Hoz. rangli va stereofonik ovozli K. e. k. 1953 y.da yaratilgan. Ovoz 3 kanalga stereofonik yozib olinadi, film nusxalari 35 mm li kinoplyonkaga tushiriladi. K. e. k. kino san’atining tasvir imkoniyatini ancha kengaytiradi. O’zbekistonda 2000 ga yaqin keng ekranli kinoteatr ishlab turibdi (2002).