Keng hajmli kino
Keng hajmli kino – keng hajmli (50-70 mm) kinoplyonkadan foydalanishga asoslangan kinematogra- fiya turi. 1955 y.da yaratilgan. Film maxsus apparatda suratga olinadi va na- moyish qilinadi. Odatda, asosan 70 mm li plyonka ishlatiladi. Oddiy va keng ekranli kinolarda ishlatiladigan 35 mm li plyonkaga nisbatan bunday plyonkaga ancha ko’p axborotni sig’dirish va katta (mas, 19,5×7 m) ekranga tasvirni sifatli tushirish mumkin. K. h. k. tizimida 6 ka- nalli magnit fonogramma qo’llaniladi: 5 tasi ovozni ekran orqasiga o’rnatilgan karnaylar orqali stereofonik eshit- tirish uchun, oltinchisi kinoteatr za- lida ovoz effekti hosil qilish uchun mo’ljallanadi. K. h. k.ning tasvirlash sifati yuksak.