Kengko’l qabristoni

Kengko’l qabristoni – mil. 2 -4-a.larga oid 100 ga yaqin mozorqo’rg’onlar guruhi. Qirg’izistondagi Talas daryosi- ning yuqori oqimida, Kengko’l daryosi- ning Talas daryosiga quyilish joyida. 1938 y. A.N. Bernshtam topgan va uni gunnlarga mansub deb hisoblagan. 1938— 39 va 1956-57 y.larda u erda qazish ishlari olib borilib, quyidagilar aniqlandi: mayyitlar, asosan, er osti yo’laklari orqali kiriladigan gumbaz- Simon hujra (kamera)larga va qisman erga yakka-yakka va guruh-guruh qilib dafn etilgan, ularning ba’zilari yog’och tobut- larda va ba’zilari taxta to’shaklarda yotibdi; jasadlarning irqiy tipi metis- lashgan (mongoloid irqqa xos belgilarga ega evropeoidlar); bosh suyaklari shakli sun’iy o’zgartirilgan. K.q.dan topil- gan ashyolar: turli sopol idishlar, yog’och kosalar, poynaklari temir va suyakdan qilingan kamon o’klari, suyak qoplamali kamonlar, jez oynaklar, yog’och xontaxta va beshiklar, ipak kiyimlar, turli zeb- ziynatlar, sopol chilimlar va b.