Kengota tog’ tizmasi

Kengota tog’ tizmasi – sur- xon Daryo viloyatidagi Sherobod — Sariqamish qator tepalarining bir qismi. Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa tomon yo’nalgan, eng baland nuqtasi 640 m (Qoraqat tog’i), uzunligi Qag’ni da- rasidan to Kofrunsoygacha 24 km. Shim.- g’arbda Takasakradi (1068 m) tizmasi b-n vodiysimon pastqamlik orqali ajralib turadi. Jan.-sharkda tog’oldi o’ydim- chuqur qiya tekislik b-n Qiziriq cho’liga tutashadi. Jan.-g’arbda Qag’ni darasi orqali Qag’ni tizmasi b-n chegaralangan. Shim.-Sharqda Kofrunsoy darasi orqali Etimkalos tizmasining tog’etaklari b-n tutashadi. K.t.t. relfi kuchli darajada parchalangan, uning suvayirg’ich qismi yaxshi ifodalangan, chunki u paleogen (bu- xoro yarusi)ning qattiq qumtoshlaridan tashkil topganligi tufayli kuesta sha- klini hosil qiladi. Shim-g’arbiy yon bag’ri nisbatan qisqa va tikroq. Anti- klinalning o’q qismi bo’r davrining gil, alevrolit, qumtosh, mergel, yon bag’irlari esa paleogen va neogenning ohaktosh, qumtoshlaridan tashkil topgan. K.t.t.da oddiy bo’z tuproqlarda qo’ng’irbosh, rang, shuvoq, gulxayri, oqquray, karrak va b. efemer hamda efemeroid o’simliklar tarqalgan. Doimiy oqar suvli soylar yo’q, buloqlar uchraydi.