Kengurular
Kengurular (Macropododae) — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Tana- sining uz. 25-160 sm, dumi 15-105 sm, ogirligi 1,5—90 kg. 55 tacha tur- ni birlashtirgan 15-17 urug’i bor. Avstraliya qit’asida, yangi Gvineya va Tasmaniya o.larida. Bismark arxi- pelagida tarqalgan. Yangi Zelandiyada iqlimlashtirilgan. Ayrim turlarining dumi kuchli rivojlangan. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan uzun va kuchli; bi- rinchi barmog’i yo’q, 2 – va 3-barmoqlari orasida teri pardasi bor. Muskus ken- gurusi (Hypsiprymnodon mosehatus), vallabi (Wallabia bicolor), chigan ken- guru (Macropus gidantica) va b. keng tarqalgan. Aksariyat sakrab (13 m gacha uzunlikka), soatiga 50 km gacha tezlikda harakat qiladi. Dumi yordamida muvo- zanat saqlaydi. Ko’pchilik turlari erda yashaydi. O’simlikxo’r. Yiliga bir marta bolalaydi. Bo’g’ozlik davri 30-40 kun. 1-2 ta jish bola (gigant kenguru bola- si 3 sm cha) tug’adi. Bolasi urg’ochisining qorin xaltasida 6-8 oy yashaydi. Ay- Rim turlarining soni ko’p bo’lib, q.x.ga ziyon keltiradi. Bir qancha turlari go’shti, mo’ynasi uchun ovlanadi; ferma- larda boqiladi. Bir necha turining soni qisqarib bormoqda. 9 turi xalqaro Ki- zil kitobga kiritilgan.