Kengyaylov
Kengyaylov — Ko’ksuv tizma- si tarkibidagi tog’ (Toshkent viloya- ti). Uning suvayirg’ichidan O’zR b-n Qirg’iziston Respublikasi davlat che- garasi o’tadi. K. Jan.-g’arbda Chopkamish (2680 m), shim.-sharkda Alyom dovonlari (1995 m) oralig’ida. Eng baland joy- lari Jan.-g’arbda 2758 m, shim.-Sharqda 2664 m. K. antiklinal struktura. Quyi karbonning yuqori turne kichik yarusi yotqiziqlari (Ko’ksuv gorizonti) to’q kulrang ohaktoshlardan iborat. Tog’ yon bag’irlarida jigarrang tuproklar tarqalgan. Siyrak archa, yong’oq, bodom, do’lana, tog’olcha, o’t o’simliklari o’sadi. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.