Kennedi (Kennedy) jon Fidjerald

Kennedi (Kennedy) jon Fidjerald (1917.29.5, Bruklayn, Massachu- Sets — 1963.22.11, Dallas, Texas) — AQShning 35-prezidenti (1961-63), Demokratlar partiyasidan saylangan. AQSh floti ofitseri (1941-45), AQSh kontressi a’zosi (1947-61). Prezi- dentlik davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi (qashshoqlikka qarshi kurashish, qora tanli aholining fuqarolik huquklarini himoya qilish va b.)ni olg’a surgan. Harbiy bloklar va AQSh qurolli kuchlarini mustahkamlash tarafdori bo’lgan. Shu b-n birga SSSR b-n bo’lgan munosabatlarda birmuncha realistik yo’l tutish yo’lidan borgan; at- mosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro quroli sinovini taqiklash to’g’risidagi Moskva bitimini imzolagan (1963). Dal- lasda suiqasd qurboni bo’lgan.